O‘zbekistonda payshanba va juma kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

O’zbekiston hududiga 22−24-yanvar kunlari nam va sovuq havo massalari kirib keladi, deya ogohlantirmoqda O‘zgidromet.
22-24-yanvar kunlarida ko‘plab hududlarda qor yog‘ishi, ba’zi joylarda esa yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Payshanba kuni va juma kechasi hamda ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 22−23-yanvar kunlari qor kuchli bo‘lishi mumkin.
Harorat kechalari respublika bo‘yicha −3…−8 daraja, kunduz kunlari −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoliy hududlarda kechalar −12…−15 darajagacha, kunduz kunlari −2…−5 darajagacha pasayadi.
Ba’zi hududlarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha, ayrim joylarda esa 22−25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zgidromet aholiga ehtiyot choralarini ko‘rishni, transportda va yo‘llarda hushyor bo‘lishni tavsiya qilmoqda.

