O'zbekistonda SAT sertifikati borlarga davlat granti beriladi

O'zbekistonda SAT sertifikati borlarga davlat granti beriladi

O‘zbekistonda oliy ta’limga qabul tizimida yana bir yangilik joriy etildi. Endilikda SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha davlat grantlari ajratiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, SAT sertifikatini qo‘lga kiritgan abituriyentlar alohida kvota asosida grantga o‘qishga qabul qilinadi. Bunda minimal talab sifatida kamida 1200 ball (maksimal natijaning 75 foizi) to‘plash zarur.
Shu bilan birga, sertifikatdagi fanlar abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lishi shart. Aks holda, mazkur imtiyoz qo‘llanilmaydi.
Qoidalarda yana bir muhim jihat — sertifikatlarni topshirish tartibi aniq belgilab qo‘yilgan. 2026/2027 o‘quv yili qabul jarayonida ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan abituriyentlar o‘z SAT natijalarini maxsus rasmiy platforma orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborishi lozim.
O'zbekistonda SAT sertifikati borlarga davlat granti beriladi | 12news