O‘ziga kredit olishni cheklaganlar 2 milliondan oshdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 2 mln 207 mingdan ortiq oʻzbekistonlik fuqarolar o‘zlariga kredit olishni cheklab qo‘ygan.
Bu koʻrsatkich yil boshiga nisbatan 5 barobardan ko‘p oshgan. Xizmatdan ko‘proq 26–35 yoshdagi fuqarolar foydalangan.
“Kreditga taqiq” xizmati 2025-yil iyunida firibgarlikdan himoyalanish maqsadida joriy etilgan. Shu yil yanvar holatiga esa bu xizmatdan 438 ming kishi foydalangan edi.
Ma’lumotlarning tarqalishi va shaxsiy xavfsizlikni oshirish ehtiyoji fuqarolarni ushbu xizmatga qiziqtirdi. Kreditga taqiqni KATM mobil ilovasi, my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali bepul rasmiylashtirish mumkin.