Oziq-ovqat narxlarini kuzatish uchun yangi platforma ishga tushdi

Oziq-ovqat narxlarini kuzatish uchun yangi platforma ishga tushdi

O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini kuzatish imkonini beruvchi yangi onlayn platforma ishga tushirildi.

Markaziy bank tomonidan yo‘lga qo‘yilgan narxtahlil.uz platformasi orqali endilikda foydalanuvchilar 30 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining haftalik o‘rtacha narxlari bilan tanishib borishlari mumkin.
Platforma nafaqat joriy narxlarni, balki ularning o‘tgan haftaga nisbatan o‘zgarish dinamikasini ham aks ettiradi. Bu esa aholi va tadbirkorlarga bozordagi tendensiyalarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
Shuningdek, narxtahlil.uz orqali iste’mol narxlari indeksi, ya’ni inflyatsiya ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar ham taqdim etilgan. Platformada aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari hamda sezilgan inflyatsiyasi bo‘yicha infografik materiallar joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, barcha ko‘rsatkichlar Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida shakllantirilgan.
Mazkur platforma orqali foydalanuvchilar mamlakatdagi narxlar o‘zgarishini muntazam ravishda kuzatib borishlari va iqtisodiy holat bo‘yicha to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin.
Oziq-ovqat narxlarini kuzatish uchun yangi platforma ishga tushdi | 12news