O‘zmilliybank 12 oy faol bo‘lmagan kartalarni vaqtincha bloklaydi

O‘zmilliybank faol bo‘lmagan bank kartalarni vaqtincha bloklaydi.
O‘zmilliybank so‘nggi 12 oy davomida hech qanday amaliyot amalga oshirilmagan bank kartalari harakatsiz hisobraqam holatiga o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Bank izohiga ko‘ra, bu karta orqali amaliyotlar bajarish vaqtincha cheklanishini anglatadi. Kartani qayta faollashtirish uchun mijozlar bank ofislariga murojaat qilishi lozim.
Avvalroq, MKBANKning MAVRID ilovasida kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari uchun kunlik 1 mln so‘m miqdorida limit joriy etilgani haqida xabar berilgandi.