Qaysi havo tozalagich yaxshiroq? – O’zbekistondagi xavo tozalagich narxlari, xususiyatlari va modellari

Maqolada Toshkentda ommabop havo tozalagich brendlari, ularning narxlari, xarid qilish manbalari va texnik xususiyatlari tahlil qildik.
Hozir bahor oylarida Toshkentda yana havo ifloslanishi qayta kuzatilyapti. Bu esa havo tozalagichga ehtiyojni oshirib yubordi.. Odamlar xona havosining toza bo’lishi sog’liq uchun, yaxshi ish sifati uchun eng muhim ekaniga ko’proq e’tibor berishni boshlashdi. Hozir esa ko’pchilkda qaysi havo tozalagichlarni olish sog’liqqa foydali, qaysi biriga ishonsa bo’ladi, qaysi biri budjetga to’g’ri keladi kabi savollar payo bo’lyapti. Bu maqolada Toshkentda ommabop havo tozalagich brendlari, ularning narxlari, xarid qilish manbalari va texnik xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolani havo tozalagich tanlashda o’ylanib turgan tanishlaringizga jo’natsangiz, ularning ham vaqti tejaladi va bozorga borganda havotozalagichlarni ikkilanmay tanlay olishadi.
Toshkent do’konlaridan qaysi modellarni uchratasiz?
Quyida Toshkent bozori va mahalliy doʻkonlarda eng ko‘p tarqalgan havo tozalagich brendlari va modellarini birma-bir sanaymiz.
Xiaomi
Xiaomi havo tozalagichlari Toshkentda eng keng tarqalganlardan biri. U haqida X tarmog’ining bir necha foydalanuvchilari ham ijobiy fikrlar bildirishgan. Ular turli model variantlari, aqlli boshqaruv va nisbatan qulay narxlari bilan mashhur.

Rasmiy Xiaomi Store’da narxi — 2 499 000 soʻm. Mi Air Purifier 4 — masofadan boshqariladigan havo tozalagich bo‘lib, daqiqada 8330 litr havo o‘tkaza oladi. U havodan viruslar, formaldegidlar, aldegidlar va hatto yoqimsiz hidlarni samarali ravishda yo'q qiladi. Qurilma sensorli OLED displey

- MyTech.uz’da narxi — 1 935 000soʻm
- Xizmat ko‘rsatish maydoni: taxminan 43 m²
- Quvvat: 33 Vt, ishlash rejimlari — 3 tezlik.
- Shovqin darajasi juda past (masalan, tungi rejimda) — foydalanuvchilar uchun qulay.Olchamlari (balandligi) - 53 mm, og'irligi - 4,8 kg
- Ionizatsiya funksiyasi ham mavjud.
Filtrni almashtirish: Xiaomi 4 modeli uchun filtr narxi — 599 000 soʻm (Asaxiyda)

- Mediapark doʻkonida narxi — 1 489 000 soʻm
- Ixcham o‘lchamlari tufayli kichik xonalar (yotoq xonasi, ofis) uchun juda qulay.
- Filtrlash tizimi – HEPA + uglerod + old‑filtr.

Asaxiyda narxi ~ 2 589 000 soʻm.
Foydasi: allergenlar (chang, hayvon junlari, pollin) uchun maxsus yoʻnaltirilgan samarali tozalashga mo’ljallangan.
Online do'konlarda narxlar keng diapazonda joylashgan bo'lib, bu ularning ishlash quvvati va qo'shimcha funksiyalariga bog'liq:
- Budjet Segmenti (1.200.000 - 3.000.000 so'm): Bu segmentdagi modellar (masalan, Xiaomi Smart Air Purifier 4 Lite yoki Artel AP-151) odatda kichik va o'rta xonalar (20-40 m²) uchun mo'ljallangan. Ular asosan yuqori samarali HEPA-filtr va faollashtirilgan uglerod filtridan foydalanadi. Ajoyib narx va sifat nisbatini taklif etadi.
- O'rta Segment (3.000.000 - 6.000.000 so'm): Ushbu modellar (masalan, ba'zi Philips yoki Welkin seriyalari) kattaroq maydonlarni (40-60 m²) tozalash, yuqori CADR (toza havo yetkazib berish tezligi), ionizator va masofadan boshqarish (Wi-Fi) kabi funksiyalarga ega.
- Premium Segment (6.000.000 so'm va undan yuqori): Bu segmentda Dyson, Bosch yoki professional Lifa Air kabi brendlarning yechimlari mavjud. Ular nafaqat havo tozalash, balki namlash, isitish kabi qo'shimcha funksiyalarni, shuningdek, juda yuqori CADR va eng yuqori darajadagi filtrlash (H13/H14 HEPA) standartlarini taqdim etadi.

Xiaomi va Philips: eng mashhur havo tozalagichlaridagi farqlar quyidagi jadvalda:

Qaysi do’konlardan olish qulay?
Toshkentda havo tozalagichlar uchun bir nechta ishonchli chakana va online doʻkonlar bor:
- Asaxiy.uz — iqlim-uskunalari bo‘limida keng tanlov bor (Xiaomi, Karcher va boshqa brendlar).
- Xiaomi Store UZ (mi.uz) — rasmiy Xiaomi doʻkoni; kafolatli mahsulot va rasmiy filtrlar mavjud.
- Open Market (open‑market.uz) — Xiaomi Smart Air Purifier 4 EU versiyasini taklif qiladi.
- Brandstore.uz — Xiaomi Smart Air Purifier 4 narxi u yerda ham ko‘rsatilgan.
- Mediapark.uz — Compact versiyalar va boshqa modellar ham mavjud.
Havo tozalagichlar nima uchun zarur?
Toshkent shahridagi havo sifati, ba'zida sezilarli darajada yomonlashgani (ayniqsa, chang, PM 2.5 mayda zarrachalari va transport chiqindilari tufayli) sababli, havo tozalagichlar ichki muhitni sog'lomlashtirishda muhim vositaga aylanmoqda. Yirik OAVlar bu muammoni tez-tez yoritib bormoqda, chunki aholi o'z uylari va ofislarida toza nafas olishni xohlaydi. Havo tozalagichlar chang, allergenlar, tutun va zaharli zarrachalarni filtrlash orqali allergiya xavfini, nafas yo‘llari muammolarini va astma alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi. Zamonaviy qurilmalarning aksariyati ionizator, smartfon orqali masofadan boshqarish va real-vaqt rejimida havo sifatini monitoring qilish kabi qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lib, ular foydalanuvchilarga nafaqat toza havo, balki uni qulay boshqarish imkoniyatini ham beradi. Toshkent sharoitida bu qurilmalar ichki havo sifatini sezilarli darajada yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash va yashash qulayligini oshirish uchun zaruriy sarmoyadir.