Qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘ladi?

8 ta ilova orqali 10-5 milliongcha pulingizni komissiyasiz boshqa kartalarga o'tkaza olasiz.
Quyidagi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazish mumkin.
Chakanapay ilovasi — 10 mln so‘mgacha;
Asia Alliance Bank’ning Aliance Pay ilovasi — 10 mln so‘mgacha (Humo kartalarida 100 mln so‘mgacha);
“Biznesni rivojlantirish banki”ning BRB ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
“Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
“Anorbank”ning Anorbank ilovasi — 5 mln so‘mgacha (2 oy davomida);
“Hamkorbank”ning Hamkor ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
Open bank ilovasi orqali — 5 mln so‘mgacha;
SelloPay ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
“Davrbank”ning Davr Mobile 2.0 ilovasi — 3,5 mln so‘mgacha;
“Milliy bank”ning Milliy ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
Alif ilovasi — 1 mln so‘mgacha;
OQ ilovasi — 1 mln so‘mgacha.
TBC Bank'ning Salom kartasi bilan TBC ilovasida komissiyasiz o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin.
Click ilovasida “Mening oilam” bo‘limida oila a’zolaringiz o‘rtasida istalgancha pulni komissiyasiz o‘tkazsangiz bo‘ladi.
Deyarli barcha banklarda Humo'dan Humo'ga pul o‘tkazmalari bepul hisoblanadi. Bank o‘z kartalari orasidagi o‘tkazmalar ham aksariyat banklarning ilovasida foizsiz yoki kam foiz bilan amalga oshiriladi.
Ilovalarni Google Play va App Store'dan yuklab olish mumkin.

