Sovuq sabab ayrim hududlarda “metan zapravkalar”ga vaqtincha cheklov kiritildi

Havo haroratining keskin pasayishi sababli ayrim hududlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi.
Havo haroratining keskin pasayishi sababli ayrim hududlarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sovuq ob-havo tufayli tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgan va ayrim hududlarda quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Shu bilan birga, jamoat transporti hamda ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari gaz bilan cheklovlarsiz ta’minlanadi. Vaziyat barqarorlashgach, cheklovlar bekor qilinishi ma’lum qilindi.

