Tadbirkorlarga mol va qo’y go’shti importida subsidiya ajratiladi

2026-yil 1-apreldan 1-avgustga qadar mol va qo’y go’shtini import qiluvchi tadbirkorlar havo transporti xarajatlarining 50%igacha, lekin har 1 kg go’sht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmagan miqdorda subsidiya oladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 7-aprelda qabul qilingan PQ–130-sonli qarorga ko’ra, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash maqsadida go’sht mahsulotlari importida subsidiya beriladi.
Subsidiya shartlari:
- 2026-yil 1-apreldan 1-avgustga qadar mol va qo’y go’shtini import qiluvchi tadbirkorlar havo transporti xarajatlarining 50%igacha, lekin har 1 kg go’sht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmagan miqdorda subsidiya oladi.
- 2026-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha xorijdan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10%igacha, ammo har bir bosh qoramol uchun 4 mln so’mdan oshmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Subsidiyalar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Bu chora-tadbirlar go’sht narxlarining barqarorligini ta’minlash va aholining oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.