Toshkent metropoliteni bayram jadvali e'lon qilindi

Yangi yil kechasida poyezdlar uzluksiz — 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha harakatlanadi.
Toshkent metropoliteni Yangi yil bayrami munosabati bilan poyezdlar harakati jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bayram kunlarida yo‘lovchilar oqimi ortishini inobatga olgan holda metro ish rejimi qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga qaratilgan.
Xususan, Yangi yil kechasida poyezdlar uzluksiz qatnaydi. Metro 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar kuni soat 01:00 gacha to‘xtovsiz ishlaydi. Bu poytaxt aholisi va mehmonlariga bayram tadbirlariga borish va qaytishda qulaylik yaratadi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida metro harakati quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:
- 2025-yil 31-dekabr hamda 2026-yil 2-yanvar — shanba kunlari jadvali bo‘yicha;
- 2026-yil 1-yanvar — yakshanba kunlari jadvali bo‘yicha.
Ma’lum qilinishicha, 5-yanvar, dushanba kuni ish kuni hisoblanadi va shu sanadan metropoliten odatiy ish kunlari jadvaliga qaytadi.
Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilardan bayram kunlaridagi o‘zgarishlarni inobatga olishni va safarlarini, ayniqsa, tig‘iz vaqtlarda oldindan rejalashtirishni so‘radi.

