Toshkentda “Aqlli bekatlar” ishga tushadi

Tez orada Toshkent shahrida jamoat transporti bekatlari butunlay yangicha ko‘rinishda bo‘ladi.
Tez orada Toshkent shahrida jamoat transporti bekatlari zamonaviy “aqlli bekatlar” bilan jihozlanadi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabariga ko‘ra, bu innovatsion bekatlar poytaxtdagi transport tizimini yanada qulay va xavfsiz qiladi.
Aqlli bekatlarning asosiy xususiyatlari:
- Videokuzatuv tizimi – har bir bekat markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan 2 ta videokamera bilan jihozlanadi, shunda xavfsizlik darajasi oshadi.
- Favqulodda vaziyatlar uchun SOS tugmasi – biror favqulodda holat yuzaga kelsa, yordam tezkor chaqiriladi.
- Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joyi – barcha yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratiladi.
- Elektron monitorlar – avtobuslarning harakat jadvalini real vaqtda kuzatish mumkin bo‘ladi.
- Vending qurilmalari – tezkor xaridlar va ichimliklar uchun bekatlarda mini-do‘konlar mavjud bo‘ladi.
YHTEM yaqin kunlarda “aqlli bekatlar” qayerlarda o‘rnatilishi va ularning batafsil rejalarini e’lon qiladi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bildirganidek, poytaxtda transport boshqaruvi tizimini takomillashtirish ishlari allaqachon yo‘lga qo‘yilgan.