Toshkentda ikki hafta davomida ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkentda bayram tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan transport harakati vaqtinchalik cheklanishi rejalashtirilmoqda.
Bu cheklovlar Sergeli va Bektemir tumanlarini qamrab oladi va 25 dekabrdan 10 yanvargachaamal qiladi.
Shahar IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vaqtinchalik choralar ko‘p odam yig‘iladigan joylarda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.
Sergeli tumanida harakat doimiy ishlaydigan gastronomiya ko‘chasiga yaqin hududlarda yopiladi. Jumladan:
- Sog‘diyona ko‘chasida Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishgan hududdan Jaloyir va Bagrikeng ko‘chalarigacha harakat cheklanadi.
- Jaloyir ko‘chasida Sog‘diyona ko‘chasidan Obihayot ko‘chasiga qadar bo‘lgan qism yopiladi.
Bektemir tumanida 25 dekabrdan boshlab harakat Chirchiqbo‘yi ko‘chasida vaqtincha cheklanadi. Bu hududda yo‘l qismi yopiq bo‘lib, transport harakati bayram tadbirlari tugaguniga qadar to‘xtatiladi.
Toshkent shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan qarashni, marshrutni oldindan rejalashtirishni va muqobil yo‘llardan foydalanishni so‘ramoqda, shunda tirbandliklardan saqlanish mumkin. Cheklovlar bayram tadbirlari tugagach, 10 yanvarda olib tashlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami kunlarida poytaxt aholisi va mehmonlari shahar markazidagi bir qator ko‘chalarda ham vaqtinchalik harakat cheklovlari bilan duch keladi.

