Uklon, Yandex va Fastendan taksi chaqirdik – qaysi biri arzonroq bo’ldi?

O’zbekistondagi 3ta asosiy taksi xizmatlari narxini solishtirdik. Buning uchun bir xil vaqtda Uklon, Yandex va Fastendan bir xil joydan bir xil yo’nalishga taksi chaqirib ko’rdik. Narxlar 20-25 foizgacha farq qildi.
Qaysi taksi xizmatidan foydalansangiz sizga arzonroq tushadi, Uklon, Yandex va Fasten? Biz buni siz uchun sinab ko’rdik. Tajriba kunning ikkinchi yarmi, ya’ni transportga talab eng yuqori bo‘lgan 17:30–17:35 oralig‘ida o‘tkazildi. Boshlang‘ich manzil sifatida Chilonzor tumani, Furqat 1A ko‘chasi tanlandi va quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha taksi chaqirildi:
- Chilonzor → Mirzo Ulug‘bek tumani (Mirzakalon Ismoiliy ko‘chasi, 1-uy)
- Chilonzor → Sergeli tumani (Toshkent xalqaro aeroporti terminali)
- Chilonzor → Mirzo Ulug‘bek tumani (Qorasuv-6 massivi)
Yandexda taksi narxlari qanday?
Birinchi tanlovimiz eng ommabop xizmatlardan biri Yandex bo’ldi. Soat 17:31da Furqat 1A ko’chasidan-Mirzakalon Ismoiliy ko’chasi 1, Toshkent xalqaro aeroporti terminali va Qorasuv-6 massivigacha taksi chaqirdik. Narxlar quyidagicha bo’ldi.

Ilovada taksilar 2-3 minutda yetib kelishi ko’rsatilgan. Odatda bunday peak vaqtlarda 4-5 minutga ham cho’zilishi mumkin.
Fastenda necha so’mga taksi keldi?
Yana bir ko’p foydalaniladigan taksi xizmatlaridan biri Fasten. Fastenda ham 17:33da Yandex bilan bir xil yo’nalishlardan taksi chaqirib ko’rdik. Narxlar quyidagicha:

Sezganingizdek, narxlar Yandex’dan juda katta farq qilmaydi. Yetib kelish daqiqalari ham deyarli bir xil.
Uklon ancha arzon xizmatmi?
Taski narxlarni taqqoslash tajribamizni Uklon ilovasida ham sinab ko’rdik. Xo’sh, Uklondagi narxlar bizni hayatlantirdimi?
Kunning ikkinchi yarmi – 17:35da Uklondan ham xuddi Yandex va Fastendagi kabi yo’nalishlarni tanlab oldik.

Sezganingizdek, narxlar Yandex va Fastendan ancha farq qiladi. Hisobga olish kerak bo’lgan jihat esa yetib kelish va taksi topilishi bo’ldi. Chunki Uklon ilovasida sizga yaqin taksi topish ba’zan 5-10 minutgacha, yetib kelishi bilan 15 minutgacha cho’zilishi mumkin.
Uklon, Fasten, Yandex qaysi yutib chiqdi?
Agar narx birinchi o‘rinda bo‘lsa, Uklon eng arzon variant. Ammo mashina topilishi va yetib kelishi biroz vaqt olishi mumkin.
Agar tezlik va barqarorlik muhim bo‘lsa, Yandex va Fasten qulayroq, narxlari esa bir-biriga juda yaqin. Yandex’dagi “Birga ketish” tarifi esa ayrim yo‘nalishlarda ancha tejamkor chiqadi.
Agar tezlik va barqarorlik muhim bo‘lsa, Yandex va Fasten qulayroq, narxlari esa bir-biriga juda yaqin. Yandex’dagi “Birga ketish” tarifi esa ayrim yo‘nalishlarda ancha tejamkor chiqadi.

Xulosa qilib aytganda, qaysi xizmatni tanlash sizning ustuvor ehtiyojingizga bog‘liq, arzonlik muhim bo’lsa, Uklon; tezlik va qulaylik uchun esa Yandex yoki Fasten.









