Yil davomida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxida keskin pasayish kuzatildi

Yil davomida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxida keskin pasayish kuzatildi

Joriy yil davomida narxi eng ko‘p pasaygan 20 ta tovarning 17 tasi oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgani qayd etildi.

Bu esa ichki bozorda oziq-ovqat narxlarining sezilarli darajada arzonlashganini ko‘rsatadi.
Tahlillarga ko‘ra, yil davomida narxi eng keskin pasaygan mahsulot qovoq bo‘lib, uning qiymati 51,9 foizga arzonlashgan. Shuningdek, aholining kundalik iste’molida muhim o‘rin tutadigan guruch narxida ham sezilarli tushish kuzatilgan. Jumladan, uzun donli guruch 13,2 foizga, yumaloq guruch esa 12,6 foizga arzonlashgan. Piyoz narxi ham 9,2 foizga pasaygani qayd etildi.
Bundan tashqari, ayrim xizmatlar segmentida ham narxlar tushgani kuzatildi. Xususan, ichki aviaqatnovlar narxi 10,9 foizga, xalqaro aviaqatnovlar esa 5,4 foizga arzonlashgan. Pul o‘tkazmalari uchun olinadigan xizmat haqi ham 6,6 foizga kamaygan.
Mutaxassislar bunday o‘zgarishlarni bozordagi taklifning ortishi va ayrim logistika xarajatlarining qisqarishi bilan izohlashmoqda.
Yil davomida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxida keskin pasayish kuzatildi | 12news