Yangi yil kunlarida ob-havo qanday bo‘ladi?

Yil oxirida O‘zbekiston hududida beqaror ob-havo kuzatiladi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, keyinchalik esa sovuq havo kirib keladi.
Dushanba kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida esa Samarqand va Qashqadaryodayomg‘ir yog‘adi. Bu kun dekabr oxiridagi eng iliq kun bo‘lib, havo harorati +13…+18 darajagacha ko‘tariladi.
30–31-dekabr kunlari respublikaning aksariyat hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik qor ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin pasayib, 31-dekabr kuni +5…+10 darajani tashkil etadi.
1–2-yanvar kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim joylarda, xususan Surxondaryo va Farg‘ona vodiysida 1-yanvar kuni yengil yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 1-yanvarda +3…+8, 2-yanvarda esa +8…+13 daraja bo‘ladi.
3–4-yanvar kunlaridan boshlab sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qor bilan almashishi mumkin. 4-yanvarga kelib kunduzgi harorat 0…+5 darajagacha pasayadi.
Ba’zi hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, tuman tushishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin va qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat +15…+17 daraja.
30-dekabrda yengil yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat +11…+13 daraja.
31-dekabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat +8…+10 daraja bo‘ladi.
30-dekabrda yengil yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat +11…+13 daraja.
31-dekabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat +8…+10 daraja bo‘ladi.
1–2-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat mos ravishda +5…+7 va +11…+13 daraja.
3–4-yanvarga o‘tar kechasi yomg‘ir qor bilan almashishi mumkin, kunduzgi harorat 0…+5 darajagacha tushadi. Ertalab va kechasi tuman kuzatilishi ehtimoli bor.
3–4-yanvarga o‘tar kechasi yomg‘ir qor bilan almashishi mumkin, kunduzgi harorat 0…+5 darajagacha tushadi. Ertalab va kechasi tuman kuzatilishi ehtimoli bor.

