1-apreldan qaysi to‘lovlar faqat karta orqali bo‘ladi va bu nimani anglatadi?

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda ayrim tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish tartibi joriy etiladi. Ya’ni, bu yo‘nalishlarda naqd puldan foydalanish bekor qilinadi.
2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Qaysi to‘lovlar “bez nal” bo‘ladi?
Yangi tartib quyidagilarni qamrab oladi:
— davlat organlari xizmatlari;
— elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi to‘lovlari;
— alkogol va tamaki mahsulotlari;
— AYoQShlarda yoqilg‘i xaridi va elektromobil zaryadlash;
— qiymati 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar;
— ko‘chmas mulk oldi-sotdisi;
— 10 yildan yangi M, N, O, G toifasidagi transport vositalari va maxsus texnikalar.
Bu nimani anglatadi?
Amalda bu — ayrim yirik va nazorat talab qilinadigan xaridlar to‘liq raqamlashtiriladi degani. Ya’ni, pul aylanishi bank tizimi orqali o‘tadi va har bir operatsiya qayd etiladi.
Masalan:
— uy yoki mashina olayotganda naqd pul berib bo‘lmaydi;
— 25 mln so‘mdan qimmat buyumlarni faqat karta orqali to‘laysiz;
— kommunal to‘lovlarni naqd topshirish amaliyoti tugaydi.
Qulayliklari nimada?
Yangi tartib bir nechta ijobiy tomonlarni ham olib keladi:
— Shaffoflik oshadi — barcha to‘lovlar rasmiy qayd etiladi;
— Firibgarlik kamayadi — yirik bitimlarda “qo‘lma-qo‘l” pul xavfi yo‘qoladi;
— Qulaylik — to‘lovlarni uydan chiqmasdan, ilovalar orqali amalga oshirish mumkin;
— Hisob yuritish osonlashadi — xarajatlar tarixini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Qanday noqulayliklar bo‘lishi mumkin?
— kartasiz yoki internetga ulanmaganlar uchun qiyinchilik tug‘ilishi mumkin;
— ayrim hududlarda terminal yoki to‘lov infratuzilmasi yetarli bo‘lmasligi ehtimoli bor;
— barcha operatsiyalar nazorat qilinishi ayrimlar uchun noqulay tuyilishi mumkin.
Bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi “soya” aylanmani qisqartirish va naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.