14-15-fevral kunlari O’zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Yakshanba kuni harorat +22 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Juma kuni O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida ob-havo beqaror bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi yomg‘ir sharq tomon siljiydi, markaziy va sharqiy hududlarda ham, shuningdek, janubiy chekka hududlarda kechasi va ertalab yomg‘ir davom etadi.
Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi.
Yakshanba kuni kunduzi +17…+22°, kechasi +5…+10° atrofida bo‘ladi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel va suv toshqini xavfi mavjud. Qor ko‘chishi ehtimoli ham bor.
Toshkent shahri:
- Juma ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, harorat +10…+12°.
- Shanba kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
- Yakshanba ob-havo quyoshli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat +17…+20°. Kechalari +6…+9° atrofida bo‘ladi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.