O'zbekistonda 2025-yilda narxlar qanday o‘zgardi?

2025-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 9,8 foiz bo‘lgan. Eng yuqori narx o‘sishi kommunal xizmatlar va yoqilg‘i turlarida qayd etildi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarigako‘ra, 2025-yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar narxlari o‘rtacha 5,4 foizga oshgan.
Asosiy tovar va xizmatlar bo‘yicha narxlar o‘zgarishi:
- Turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilg‘ilar — 17,1%
- Transport xizmatlari — 12%
- Axborot va aloqa xizmatlari — 8,9%
- Restoranlar va mehmonxonalar — 8,6%
- Maishiy tovarlar va turli xizmatlar — 8,2%
- Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari — 6,1%
- Dam olish, sport va madaniyat — 5,7%
- Sog‘liqni saqlash — 5,6%
- Ta’lim — 5,1%
- Kiyim-kechak va poyabzal — 2,7%
- Uy-ro‘zg‘or texnikasi va kundalik xizmatlar — 2,3%
- Sug‘urta va moliyaviy xizmatlar — −0,3%
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlaridagi o‘zgarishlar:
- Sitrus mevalar — 33,6%
- Karam — 31,8%
- Qo‘y go‘shti — 26,8%
- Suyaksiz mol go‘shti — 25,0%
- Suyakli mol go‘shti — 23,9%
- Paxta yog‘i — 17,7%
- Bodring — 16,0%
- Sabzi — 10,8%
- Sut — 5,7%
- Parranda go‘shti — 4,2%
- Pomidor — 2,6%
- Oliy navli bug‘doy unidan non — 1,6%
Arzonlashgan mahsulotlar:
- Un — −4,7%
- Shakar — −4,8%
- Bulg‘or qalampiri — −14,9%
- Tuxum — −14,5%
- Guruch — −16,6%
Yoqilg‘i va kommunal xizmatlar narxlari:
- Tarmoqli gaz — 39,2%
- Sovuq suv va kanalizatsiya — 35,1%
- Maishiy chiqindilarni olib ketish — 32,5%
- Metan gazi — 29,9%
- Suyultirilgan gaz — 25,0%
- Elektr energiyasi — 18,8%
- Issiq suv — 11,9%
- Isitish xizmatlari — 11,5%
- Benzin — 11,9%
- Turar joylarni ta’mirlash materiallari — 5,4%
Arzonlashgan yoqilg‘i turi:
- Propan — −10,5%
Xizmatlar sohasidagi narxlar:
- Aviaqatnov chiptalari — 21,7%
- Shahar avtobuslari — 21,1%
- Shahar atrofidagi poyezdlar — 10,1%
- Maktabgacha ta’lim — 17,0%
- Axborot va aloqa xizmatlari — 15,1%
- Mehmonxonalar — 9,1%
- Oziq-ovqat yetkazib berish — 8,6%
- Restoran va umumiy ovqatlanish — 8,6%
- Bank xizmatlari — 6,9%
- Repetitorlik va chet tillari kurslari — 6,6%
- Tayyor ovqat yetkazib berish — 6,3%
Arzonlashgan xizmat:
- Pul o‘tkazmalari uchun haq — −6,1%
2025-yilda narxlar dinamikasi ko‘rsatishicha, aholining asosiy xarajatlari bo‘lgan kommunal xizmatlar, yoqilg‘i va ayrim oziq-ovqat mahsulotlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan.


