2025-yilda Osiyo bozorida qaysi qahramonlar trendga chiqdi?

2025 yilda Osiyo mamlakatlarida iste’mol bozorida qahramonlarga oid mahsulotlar yetakchi trendga aylandi. Xitoyda Labubu nomli personaj, Janubiy Koreyada esa “KPop Demon Hunters” animatsion filmi juda ommalashdi.
Xitoyda ishlab chiqarilgan Labubu o‘yinchoqlari avval xorijda mashhur bo‘lib, keyin ichki bozorda ham talabni oshirdi. Mahsulotlar “blind box” — ichidagi buyum oldindan noma’lum qutilarda sotildi. Mahsulotlar kam miqdorda chiqqani sabab narxlar oshib, qalbaki mahsulotlar ham ko‘paygan.
Xitoyda yana bir mashhur mahsulot — “Ne Zha 2” animatsion filmi bo‘ldi. U dunyo bo‘yicha eng ko‘p daromad keltirgan filmlar orasida beshinchi o‘rinni egalladi.


Gonkong va Xitoyda yapon qahramonlari — Chiikawa va Sanrio personajlari hamon ommalashgan. Tayvanda esa beysbolga qiziqish keskin oshib, stadionlarga kelgan muxlislar soni ilk bor 3 milliondan oshgan.

Mutaxassislar 2026-yilda sun’iy intellektga asoslangan mahsulotlar Osiyoda keng tarqalishini taxmin qilmoqda.


