2025 yilda O‘zbekiston banklari 390 trln so‘m kredit ajratdi

Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar 51%ga rekord darajada oshdi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kredit mablag‘lari hajmi 390 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqdagi ma’lumotlar Markaziy bank taqdimotida keltirilgan.
Hisobot davrida yangi kreditlar umumiy portfeli 2024 yilga nisbatan 35,8% ga oshdi. O‘tgan yili banklar 287 trln so‘m kredit ajratgan edi. Umumiy o‘sishga asosiy hissa chakana (aholiga) kreditlash segmenti tomonidan qo‘shildi.
Aholiga jami 157 trln so‘m miqdorida kreditlar berildi, bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan bir yarim baravardan ko‘proqdir. Taqqoslash uchun, 2024 yilda ushbu segmentdagi o‘sish atigi 4% ni tashkil etgan edi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni o‘z ichiga olgan korporativ sektor 233 trln so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi. Bu yo‘nalishdagi o‘sish 27% ni tashkil etdi. Joriy ko‘rsatkichlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning sezilarli darajada tezlashganini ko‘rsatmoqda: bir yil avval mamlakat bo‘yicha kreditlashning umumiy o‘sish sur’ati 14,2% darajasida bo‘lgan


