2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mahsulotlar arzonlashdi?

2025-yilda narxi eng yuqori pasaygan tovar qovoq bo‘lgan
Mirkonomika Telegram-kanali muallifi 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p arzonlashgan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda eng ko‘p qovoq arzonladi — narxi 57,7% ga tushdi. Ikkinchi

o‘rinda tarvuz turib, u 29,9% ga arzonlashgan.
Umuman olganda, eng ko‘p arzonlashgan 20 ta mahsulotning 17 tasi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan. Qovoqning shunchalik tez arzonlashishi esa yaxshi hosil bilan izohlanadi.


