22-apreldan yangi tartib: mobil ilovalardan foydalanishda telefon raqami egasi tekshiriladi

22-apreldan yangi tartib: mobil ilovalardan foydalanishda telefon raqami egasi tekshiriladi

2026-yil 22-apreldan boshlab O‘zbekistonda mobil ilovalardan foydalanish tartibiga muhim o‘zgarish kiritiladi.

Yangi talabga ko‘ra, foydalanuvchi ilovaga ulangan telefon raqami aynan o‘sha shaxs nomida rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Yangi tartibga muvofiq, telefon raqami jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) bilan mos kelishi kerak. Agar ushbu moslik aniqlanmasa, foydalanuvchini mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazish yoki bank kartasini biriktirish imkoniyati cheklanadi.
Mazkur holat yuzaga kelganda, foydalanuvchiga bu haqda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayni paytda ko‘plab foydalanuvchilar mobil ilovalar va bank xizmatlarida o‘ziga tegishli bo‘lmagan telefon raqamlaridan foydalanmoqda. 22-apreldan keyin esa bunday raqamlar orqali xizmatlardan foydalanish imkoni bekor qilinadi.
Shu bois, fuqarolarga oldindan choralar ko‘rish tavsiya etilmoqda. Xususan, agar foydalanilayotgan telefon raqami boshqa shaxs nomida bo‘lsa, uni o‘z nomiga rasmiylashtirish yoki mobil ilova hamda bank kartalarini o‘ziga tegishli raqamga qayta bog‘lash zarur.
Yangi tartib moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirish va firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgani bilan izohlanmoqda.
22-apreldan yangi tartib: mobil ilovalardan foydalanishda telefon raqami egasi tekshiriladi | 12news