25-dekabrda O'zbekistondagi eng baland archa chiroqlari yoqiladi

25 dekabr soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda poytaxtning asosiy Yangi yil archasi ochilishi bo‘lib o‘tadi.
25 dekabr soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda mamlakatning asosiy Yangi yil archasi rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi. Uning balandligi 35 metrni tashkil etadi va u 33 mingdan ortiq o‘yinchoqlar hamda minglab chiroqlar bilan bezatilgan.
Tadbirda mehmonlarni bayramona muhit kutadi. Shuningdek, konsert dasturida Munisa Rizayeva, Konsta va DJ Maccarella ishtirok etishi kutilyapti.
Kirish bepul.


