5-fevral kuni O‘zbekistonda 100 dollar kursi qanday bo’ladi?

1 AQSh dollari 7,39 so‘mga qimmatlab, 12 265,77 so‘m etib belgilandi.
O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi oshishda davom etmoqda. Markaziy bank 5-fevral kuni xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 7,39 so‘mga qimmatlab, 12 265,77 so‘m etib belgilandi. Shunday qilib, 5-fevral holatiga 100 AQSh dollarining rasmiy kursi 1 226 577 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, yevro kursida ham o‘sish qayd etildi. Rossiya rubli esa, aksincha, so‘mga nisbatan arzonlashdi.
So‘nggi kunlarda dollar kursining bosqichma-bosqich oshib borishi tashqi bozorlardagi vaziyat, shuningdek, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif bilan izohlanmoqda.
Markaziy bank har ish kuni xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini yangilab boradi.


