A2A — Yangi pul o‘tkazish usuli paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda pul o‘tkazishning yangi va qulay usuli — A2A (Account-to-Account) xizmati ishga tushirildi. Bu orqali fuqarolar pulni bir bank hisobidan boshqasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishlari mumkin.
A2A nima o‘zi?
Bu — jismoniy shaxslar o‘rtasida bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmasi. Ya’ni pul kartaga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga tushadi.
Bu — jismoniy shaxslar o‘rtasida bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmasi. Ya’ni pul kartaga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga tushadi.
P2Pdan farqi nimada?
- P2Pda pul karta raqami orqali yuboriladi
- A2Ada esa pul bank hisobvaraqlari o‘rtasida o‘tadi
Eng muhim jihati — yangi karta ochish shart emas. Bu funksiya siz foydalanayotgan bank ilovasida alohida xizmat sifatida mavjud bo‘ladi.
Hozirda ushbu tizim barcha banklarga texnik jihatdan ulangan. Foydalanish uchun ilovada pul o‘tkazish turini tanlash kifoya.
Komissiyalar esa har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi. Shuning uchun xizmat narxi bank va tanlangan o‘tkazma turiga qarab farq qilishi mumkin.
Qisqacha aytganda, A2A — bu yanada qulay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va zamonaviy pul o‘tkazish usuli hisoblanadi.