Arzon ko‘mir olish tartibi o‘zgaradi: oldindan to‘lov joriy etiladi

Arzon ko‘mir olish tartibi o‘zgaradi: oldindan to‘lov joriy etiladi

2026-yil qish mavsumidan boshlab aholi uchun arzonlashtirilgan ko‘mir xarid qilish tartibi o‘zgaradi. Bu haqda “Oʻzbekkoʻmir” AJ matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yangi tizimga ko‘ra, fuqarolar bilan rasmiy shartnoma tuziladi. Shundan so‘ng ko‘mir xaridi uchun 15 foiz yoki 100 foiz miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Yetkazib berish muddati esa avvaldan belgilab qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, mazkur tartib buyurtmalarni aniq rejalashtirish, shuningdek, yetkazib berishdagi kechikishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, “mycoal.uz” portali to‘liq raqamlashtiriladi. Natijada fuqarolar ko‘mir buyurtma qilish va to‘lovlarni mobil qurilmalar orqali onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Arzon ko‘mir olish tartibi o‘zgaradi: oldindan to‘lov joriy etiladi | 12news