Coca-Cola dekorativ kosmetika chiqardi

Coca-Cola kompaniyasi Braziliyaning Bruna Tavares brendi bilan birgalikda dekorativ kosmetika liniyasini ishlab chiqardi.
To‘plamdan ten, blesklar va lab uchun balzamlar, tush, stik formatidagi rumyana, shuningdek, aksessuarlar o‘rin olgan. Barcha mahsulotlar gazli ichimlik brendi uslubida qadoqlangan va bezatilgan.
Tenlar, masalan, qopqog‘ida logotipi bo‘lgan maxsus qizil rangli qutida joylashgan. Lab uchun mo‘ljallangan balzamlarning ranglaridan biri ham xuddi shu rangga ishora qiladi. Qizil rangli rumyana stiki kola bankasini eslatadi, tushning rangi esa ichimlikning o‘zini eslatadi.
Hammasi bo‘lib liniyaga 15 ta mahsulot kiritildi. Kosmetika ishlab chiqaruvchilari makiyajga odam sovuq gazli ichimlik shishasini ochgan paytga o‘xshash “yangilovchi marosim” sifatida qarashni taklif qilishdi.





