Dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati e’lon qilindi

Markaziy bank dam olish kunlari ayrim tijorat banklari orqali valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkinligini ma’lum qildi.
Xususan, 31-yanvar va 1-fevral — shanba va yakshanba kunlari quyidagi banklarning ayrim bo‘limlarida valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmat ko‘rsatadi:
- Agrobank
- Asakabank
- Apexbank
- Anorbank
- Garantbank
- Hayot bank
- Hamkorbank
- Ipoteka-bank
- Saderat bank
- Tenge bank
- Trastbank
- Universalbank
- Orient Finans bank
- O‘zmilliybank
- O‘zsanoatqurilishbank
Shuningdek, 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda banklarning mobil ilovalari orqali onlayn tarzda istalgan vaqtda valyuta ayirboshlash imkoniyati mavjud.
Qayd etilishicha, bank bo‘limlarining ish vaqti hudud va filialga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli fuqarolarga zarur ma’lumotlarni bevosita banklarning o‘zidan aniqlashtirish tavsiya etiladi.


