Dam olish kunlari O’zbekistonda ob-havo qanday bo’ladi?

Hafta oxirida ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilyapti.
17-yanvarga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi va qorga aylanadi. Shanba kunduzi va yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 0…+5, kechasi –3…+2 bo‘lishi kutilmoqda.
Juma kunduzi va shanba kuniga o‘tar kechasi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, asta-sekin qorga aylanadi) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechga tomon boshlanadi. bu haqda O’zgidromet xabar bermoqda.
Shanba kunduzi respublika bo‘yicha barqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ammo uning jadalligi nisbatan kamayadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu kunlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Shanba kunduzi havo harorati +5…+8 daraja, shanba va yakshanba kunlari 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat kechalari +2 darajadan –3 darajagacha pasayadi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 yanvarda ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 16 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Harorat +6…+8 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +1…+3 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi –1…+1 daraja kunduzi +3…+5 daraja bo‘ladi.


