Fevralda muammoli kreditlar yana o‘sdi

Fevralda muammoli kreditlar yana o‘sdi

2026-yil fevral oyida O‘zbekiston tijorat banklarining muammoli kreditlari yana keskin o‘sdi — bir oy ichida ular 896 mlrd so‘mga ko‘paydi.

Bu o‘sish asosan davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelib, aynan shu segmentda muammoli kreditlar 923 mlrd so‘mga oshdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-mart holatiga jami kredit portfeli 613,7 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, shundan 20,3 trln so‘mi yoki 3,3 foizi muammoli kreditlardir.
Davlat banklari orasida eng katta o‘sish O‘zmilliybank, SQB, Asakabank va AloqaBank hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ayrim banklarda esa aksincha, pasayish kuzatildi.
Xususiy va boshqa banklarda esa vaziyat nisbatan barqarorroq: fevral oyida ularning muammoli kreditlari 27 mlrd so‘mga kamaygan. Bu pasayishga, asosan, Ipoteka-bank va Universalbank ta’sir ko‘rsatgan.
Shu tariqa, bank tizimidagi muammoli kreditlar hajmi ketma-ket ikkinchi oy ham o‘sishda davom etmoqda — bu esa moliya sektorida risklar ortib borayotganidan darak beradi.
Fevralda muammoli kreditlar yana o‘sdi | 12news