Haj–2026: o‘zbekistonliklar uchun kvota va narxlar e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun haj ziyorati kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi.
Joriy yil uchun haj safari narxi bir kishi hisobiga 77 mln 73 ming so‘mni tashkil etadi. Haj mavsumi 2-maydan boshlanadi va ziyoratchilar har kuni Saudiya Arabistoniga jo‘natiladi.
Ziyoratchilar quyidagi 9 ta hududdagi aeroportlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri Madina shahriga uchadi: Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch.
Parvozlar ikki aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladi:
- flyadeal — ziyoratchilarni Madinaga olib boradi
- Uzbekistan Airways — ularni vatanga qaytaradi
So‘nggi yillarda haj narxlari bosqichma-bosqich oshib borgan. Jumladan:
- 2019-yil — 33,3 mln so‘m
- 2022-yil — 62,9 mln so‘m
- 2023-yil — 68,76 mln so‘m
- 2024-yil — 73,97 mln so‘m
- 2025-yil — 78,67 mln so‘m
2026-yilda narx biroz pasayib, 77 mln so‘m atrofida shakllandi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolari Markaziy Osiyo davlatlari orasida haj ziyorati uchun eng yuqori to‘lov qilayotganlar qatorida qolmoqda.