Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordiga kirdi

Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Majmua rasman dunyodagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi sifatida tan olindi.
Mazkur rekord markazning ulkan me’moriy ko‘rsatkichlari sabab qayd etilgan. Majmua umumiy 10 gektar maydonni egallaydi, ko‘rgazma zallarining hajmi esa 50 ming kvadrat metrga yetadi. Binoning uzunligi 161 metr, eni 118 metr bo‘lsa, gumbaz balandligi 65 metrni tashkil qiladi.
Rekord qayd etilganligi to‘g‘risidagi sertifikat Guinness World Records vakili tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, markaz muzeyi turkiy dunyoning eng yaxshi muzeyi deb ham e’tirof etildi. Avvalroq, Versal mukofoti tomonidan ham u 2026-yilda dunyoning eng chiroyli muzeylari ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Ma’lumot uchun, markaz har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi. Kirish uchun standart chipta narxi 60 ming so‘mni tashkil etadi.