Kamera va radarlar orqali minglab haydovchilarga jarima ballari yozildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirilgach, qisqa vaqt ichida minglab haydovchilar jarima ballari bilan jazolandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tizim joriy etilganidan buyon 22 kun ichida 22 mingdan ortiq haydovchi 5 balldan jarima yig‘ishga ulgurgan.
Shuningdek, ayrim haydovchilar qisqa muddat ichida 10 ballgacha to‘plagan. 22-aprel holatiga ko‘ra, 3 nafar haydovchi kameralar orqali maksimal ko‘rsatkichlardan biriga yaqinlashgani qayd etilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, jarima ballari rasmiylashtirilgach, ularni boshqa shaxsga o‘tkazish yoki bekor qilish imkoni mavjud emas. Shu sababli haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yangi tizimga ko‘ra, haydovchi bir yil davomida 12 ball yig‘sa, u 6 oygacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilishi mumkin. Agar haydovchi 12 oy davomida qoidabuzarlik sodir etmasa, keyingi davrda birinchi huquqbuzarlik uchun jarima bali hisoblanmaydi.
Jarima ballari quyidagi asosiy qoidabuzarliklar uchun qo‘llaniladi:
- xavfsizlik kamarini taqmaslik
- haydash vaqtida telefondan foydalanish
- tezlikni me’yordan oshirish
- to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish
Mazkur tizim yo‘llarda intizomni oshirish va avariya holatlarini kamaytirishga qaratilgan.