Markaziy bank: 10,3 mln so‘mdan yuqori barcha to‘lovlarda shaxsiy ma’lumotlar majburiy bo‘ladi

Markaziy bank: 10,3 mln so‘mdan yuqori barcha to‘lovlarda shaxsiy ma’lumotlar majburiy bo‘ladi

Markaziy bank 10,3 mln so‘mdan ortiq barcha ichki to‘lovlar va o‘tkazmalarda jo‘natuvchi va qabul qiluvchi haqidagi ma’lumotlarni majburiy tarzda kiritishni rejalashtirmoqda.

Markaziy bank 10,3 mln so‘mdan ortiq barcha ichki to‘lovlar va o‘tkazmalarda jo‘natuvchi va qabul qiluvchi haqidagi ma’lumotlarni kiritishni majburiy qilmoqchi. Shu jumladan, jismoniy shaxslar uchun yashash manzili va tug‘ilgan sanasi, yuridik shaxslar uchun esa STIR ko‘rsatilishi talab qilinadi.
Hozirgi kunda faqat 12,6 mln so‘mdan ortiq elektron o‘tkazmalarga nisbatan amal qiladigan talab, yangi qoidalar bilan barcha to‘lovlarga kengaytiriladi. Shuningdek, bank kartalari orqali to‘lovlar va transchegaraviy naqd pul yechish operatsiyalari uchun ham ma’lumotlar majburiy tarzda ilova qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha izohlar 4-aprelgacha qabul qilinadi.
Markaziy bank: 10,3 mln so‘mdan yuqori barcha to‘lovlarda shaxsiy ma’lumotlar majburiy bo‘ladi | 12news