Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmadi – inflyatsiya sekin pasaymoqda

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmadi – inflyatsiya sekin pasaymoqda

2026-yil 18-mart kuni Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy stavka 14 foiz darajasida saqlab qolinishi ma’lum qilindi.

Fevral oyida yillik umumiy inflyatsiya 7,3%, bazaviy inflyatsiya esa 6,3% darajasida qayd etildi. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshgani sababli inflyatsiyaning pasayishi sekinlashgan.
Inflyatsion kutilmalar:
  • Aholi: 11,2%
  • Tadbirkorlar: 10,8%
Yalpi talab yuqori darajada saqlanmoqda. Yanvar oyida o‘sish sur’ati quyidagicha bo‘ldi:
  • Chakana savdo: 14,7%
  • Ulgurji savdo: 15,6%
  • Umumiy ovqatlanish: 18,9%
  • Sanoat: 7,8%
  • Xizmatlar: 14,8%
  • Qurilish: 9,2%
Geosiyosiy keskinliklar, global ta’minot uzilishlari, energiya va oziq-ovqat narxlari hamda logistika xarajatlari oshishi import orqali ichki inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim yaratishi mumkin.
Markaziy bankning maqsadi – inflyatsiyani o‘rta muddatda 5% darajasiga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashdir.
Navbatdagi asosiy stavkani ko‘rib chiqish yig‘ilishi 2026-yil 29-aprelga belgilangan.
Batafsil ma’lumot uchun Markaziy bankning press-reliziga murojaat qilishingiz mumkin.
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmadi – inflyatsiya sekin pasaymoqda | 12news