Markaziy banki xorijiy valyutalar kursini belgiladi — 23-dekabrda dollar kursi qanday bo’ladi?

Markaziy banki xorijiy valyutalar kursini belgiladi —  23-dekabrda dollar kursi qanday bo’ladi?

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yil 23-dekabr, seshanba kuni amalda bo‘ladigan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy kurslarini e’lon qildi.

Markaziy bankka ko‘ra, , AQSh dollari ketma-ket to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng yana o‘sishni boshladi.
Markaziy bank ma’lumotlariga asosan:
  • AQSh dollari 14,29 so‘mga qimmatlashib, 12 010,43 so‘mni tashkil etdi;
  • Yevro 37,15 so‘mga oshib, 14 088,23 so‘m darajasiga yetdi;
  • Rossiya rubli esa aksincha, 2,71 so‘mga arzonlashib, 151,25 so‘m bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bundan avval AQSh dollari kursi ketma-ket to‘rt kun davomida pasayib, 11 996,14 so‘mgacha tushgan edi. 23-dekabr kungi o‘sish valyuta bozorida qisqa muddatli tebranishlar kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Markaziy bank statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida o‘zbek so‘mi almashuv kursi 7,5 foizga mustahkamlangan. Bu ko‘rsatkich milliy valyutaning yil davomida nisbatan barqarorligini va tashqi iqtisodiy omillar fonida mustahkam pozitsiyani saqlab qolganini anglatadi.
Markaziy banki xorijiy valyutalar kursini belgiladi — 23-dekabrda dollar kursi qanday bo’ladi? | 12news