Metropoliten va temir yo‘lda xavfsizlikni buzganlar jarimaga tortiladi

Metropoliten va temir yo‘lda xavfsizlikni buzganlar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda metropoliten va temir yo‘l transportida harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etildi. Tegishli qonun parlament tomonidan qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, temir yo‘l va metro transportida xavfsizlik qoidalarini buzgan mansabdor shaxslar va xizmatchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ularga belgilangan jarima miqdori BHMning 10 baravarini tashkil qiladi, ya’ni 4,12 mln so‘m.
Shuningdek, temir yo‘l va metropoliten xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalarni yashirgan mansabdorlar ham shu miqdorda jarimaga tortiladi.
Avtomobil transportida esa guvohnomasiz yo‘lovchi tashish, yo‘l haqi tariflarini asossiz oshirish, shuningdek qatnov jadvali va yo‘nalish sxemasiga rioya qilmaslik qonunbuzarlik sifatida ko‘riladi. Bunday holatlar uchun jarima BHMning 3 baravarini, ya’ni 1,236 mln so‘mni tashkil etadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, yangilangan O‘zbekiston-2030 strategiyasi loyihasida mamlakatimizdagi tezyurar poyezdlardagi yo‘lovchi oqimi 2030-yilga kelib ikki barobar oshishi kutilayotgani ta’kidlangan.
Metropoliten va temir yo‘lda xavfsizlikni buzganlar jarimaga tortiladi | 12news