Milliarddan ortiq Android foydalanuvchilari xavf ostida — Google ogohlantirdi

Milliarddan ortiq Android foydalanuvchilari xavf ostida — Google ogohlantirdi

Google kompaniyasi Android foydalanuvchilariga ogohlantirish e’lon qildi.

Dunyo bo‘ylab smartfonlarning 40 foizdan ortig‘i operatsion tizimlarining muhim xavfsizlik yangilanishlarini olmagani sababli yangi zararli va josuslik dasturlar hujumiga uchrashxavfi ostida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil dekabr holatiga Android 16 qurilmalarning atigi 7,5 foizida, Android 15 – 19,3 foizida, Android 14 – 17,9 foizida va Android 13 – 13,9 foizida o‘rnatilgan. Android 12 va undan oldingi eski versiyalar endi qo‘llab-quvvatlanmaydi, natijada millionlab foydalanuvchilar himoyasiz qolmoqda.
Ayniqsa, bu xavf Samsung smartfonlari egalariga taalluqli bo‘lib, ularning qurilmalari yangi zararli dasturlar va josuslik dasturlaridan himoyasiz qolmoqda. Google foydalanuvchilarga operatsion tizim versiyasini muntazam tekshirish, rasmiy antivirus dasturlaridan foydalanish hamda ishonchsiz manbalardan ilovalarni o‘rnatmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.
Android foydalanuvchilari uchun xavf Apple foydalanuvchilari bilan solishtirganda jiddiyroq. iPhone egalari ham iOS’ning so‘nggi versiyasiga yangilanishga majbur bo‘lsa-da, Apple yangilanishlarni tezda tarqatadi, bu esa zaif qurilmalar sonini sezilarli darajada kamaytiradi.
Ekspertlar ogohlantirishicha, Android foydalanuvchilari yangilanishlar va asosiy xavfsizlik choralarini e’tiborsiz qoldirsa, bu jiddiy xavf va moliyaviy zarar bilan yakunlanishi mumkin.
Milliarddan ortiq Android foydalanuvchilari xavf ostida — Google ogohlantirdi | 12news