Nega o'zbekistonliklar Gruziyadan ko'chmas mulk olishga qiziqyapti?

O'zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda YaIM 7,7% ga o'sib, $147 mlrdni tashkil qildi. Aholi depozitlari yil davomida 31% ga ko'payib, $12,8 mlrdga yetdi. Jamg'arma ortgan sari, uni qayerga yo’naltirish kerak degan savol ham kuchaymoqda.
Toshkentda 18-19 fevral kunlari United Property Expo ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda 12 dan ortiq mamlakatdan quruvchi va agentliklar ishtirok etdi. Orasida Gruziya loyihalari ham bor edi. Xo'sh, nega aynan Gruziya?
Turkiya Markaziy Osiyolik ko'chmas mulk xaridorlari uchun muhim mamlakat bo’lib kelgan. Lekin Turkiyada 2023-yil oktyabridan beri yashash ruxsatnomasi olish uchun ko'chmas mulk narxi $50–75 mingdan $200 minggacha ko'tarildi. BAA esa dastlabki bosqichda ancha qimmat.
Gruziyada esa chet elliklar uchun bir nechta muhim afzallik bor. Birinchidan, ko'chmas mulk sotib olishda soliq yo'q – umuman; turar-joy ijarasi daromadiga soliq – atigi 5%; 2 yildan ortiq egalik qilgandan so'ng sotishda – daromad solig'i 0%; mulk huquqini rasmiylashtirish – 1 kun, onlayn, chet elliklar mahalliy fuqarolar bilan teng huquqda.
Galt & Taggart ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yilda Batumidagi birlamchi bozorda xaridorlarning 77% – chet elliklar. Ijaradan o'rtacha daromadlilik – yiliga 8,6%. Solishtirsak: Budva (Chernogoriya) – 5,5%, Lissabon – 5,9%, Nitsa – 4,6%.
Toshkentda qanday loyiha taqdim etildi?

United Property Expo'da ko'rgazmaga qo'yilgan loyihalardan biri Ambassadori Island Batumi. Bu ikkita sun'iy yarim orol va bitta sun'iy oroldan iborat, umumiy maydoni 84 gektar bo'lgan shaharsozlik loyihasi. Loyihalashda ARUP va Yüksel Proje xalqaro kompaniyalari ishtirok

etmoqda.
“Batumining faol turizm bozori, to'g'ridan-to'g'ri transport aloqasi va investitsiyani boshlash uchun kerak bo‘ladigan minimal summa nisbatan pastligi bu O'zbekistondan investorlar uchun ham uy sotib olish, ham daromadli investitsiya imkoniyati”, – deydi Ambassadori Island Batumi ko'chmas mulk bo'yicha maslahatchisi Tamar Surmanidze.

Gruziya quruvchilarining Toshkent ko'rgazmasida qatnashishi Qora dengiz bo'yi ko'chmas mulk bozori Markaziy Osiyo investorlariga faol murojaat qilayotganini anglatadi.