O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyoda kuchli oltilikka kirdi — UN Tourism hisoboti

O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyoda kuchli oltilikka kirdi — UN Tourism hisoboti

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida xalqaro turistlar oqimining o‘sishi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 20 ta davlat qatoridan joy oldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Turizm tashkiloti (UN Tourism) 2025-yil noyabr holatiga ko‘ra e’lon qilgan hisobotida dunyo mamlakatlaridagi turistik oqimni 2019-yil (pandemiyadan oldingi davr) bilan solishtirdi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston pandemiyadan keyingi tiklanish va o‘sish sur’atlari bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egallagan. O’zbekistonga kelgan xalqaro sayyohlar soni 2019-yilning mos davriga nisbatan 73 foizga oshgan.

Eng yuqori o‘sish qayd etgan TOP-10 davlat:

  1. Butan — +203%
  2. Qatar — +138%
  3. El-Salvador — +88%
  4. Albaniya — +83%
  5. Bahrayn — +76%
  6. O‘zbekiston — +73%
  7. Kyurasao — +68%
  8. Moldova — +63%
  9. Efiopiya — +58%
  10. Tanzaniya — +57%

Mintaqaviy vaziyat

Reytingdan ko‘rinib turibdiki, O‘rta Osiyo mintaqasida O‘zbekiston yaqqol yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, kuchli yigirmatalikdan Saudiya Arabistoni (+56%), Marokash (+47%) va Misr (+45%) kabi an’anaviy turistik markazlar ham joy olgan bo‘lsa-da, o‘sish sur’ati bo‘yicha O‘zbekistondan ortda qolgan.
Ma’lumot uchun: Ushbu hisobot 2025-yilning avgustigacha bo‘lgan ma’lumotlarini taqdim etgan davlatlar ko‘rsatkichlari asosida shakllantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda vizasiz rejimning kengaytirilishi va transport logistikasining yaxshilanishi xalqaro sayyohlar oqimining keskin ko‘payishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyoda kuchli oltilikka kirdi — UN Tourism hisoboti | 12news