O‘zbekistonda 1-fevraldan tezyurar poyezd biletlari narxi qancha bo’ladi?

2026-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” axborot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 1-fevraldan mamlakat ichida qator yo‘lovchi poyezdlari biletlari narxi oshirilishini e’lon qildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari va “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15% ga ko‘tariladi.
Xususan, “Afrosiyob” uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha bo‘ladi.
Toshkent — Buxoro
- VIP — 1 138 000 so‘m (hozir 875 ming so‘m);
- Biznes — 760 000 so‘m (661 ming so‘m);
- Ekonom — 509 000 so‘m (443 ming so‘m).
Toshkent — Qarshi
- VIP — 976 000 so‘m (751 ming so‘m);
- Biznes — 642 000 so‘m (558 ming so‘m);
- Ekonom — 429 000 so‘m (372 ming so‘m).
Toshkent — Samarqand
- VIP — 709 000 so‘m (545 ming so‘m);
- Biznes — 455 000 so‘m (396 ming so‘m);
- Ekonom — 311 000 so‘m (270 ming so‘m).
Kompaniyaning doimgidek qayd etishicha, “Afrosiyob” narxlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining ko‘paygani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.


