O’zbekistonda 14-15-mart kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

O’zbekistonda 14-15-mart kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Dam olish kunlari harorat +17°C gacha ko‘tariladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida ob-havo iliq va yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, juma kuni kunduzi havo harorati +8…+13°C atrofida bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari esa harorat yanada ko‘tarilib, +14…+17°C gacha yetadi.
Kechalari ham asta-sekin iliqlashadi. Ko‘pchilik hududlarda kechasi 0…+5°C bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim joylarda biroz sovuq saqlanib qolishi mumkin.
Ba’zi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Xususan, 14-mart kechqurun va 15-mart kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahrida esa 13–15 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Poytaxtda juma kuni harorat +11…+13°C, dam olish kunlari esa +13…+15°C atrofida bo‘ladi. Kechasi esa −1…+4°C bo‘lishi kutilmoqda.
O’zbekistonda 14-15-mart kunlari qanday ob-havo kutilyapti? | 12news