O’zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo’ladi? 10-11- yanvar prognozi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati esa asta-sekin ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni respublikaning katta qismida kunduzi havo harorati +8…+11 darajani tashkil etadi. Shanba va yakshanba kunlari esa havo +12…+15 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalabki paytlarda ham harorat ko‘tarilib, yakshanbaga kelib 0…+3 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ayrim hududlarda tuman tushishi davom etadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikda esadi.
Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Bugun kunduzi havo harorati +9…+11 daraja bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari esa kechasi +1…+3 darajagacha, kunduz kuni +13…+15 darajagacha ko‘tariladi.


