O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

O’zbekistonda dollar kursi tushishda davom etyapti.
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
—dollar 6,88 so‘mga pastlab, 11 962,78 so‘m bo‘ldi
— yevro 40,31 so‘mga tushib, 13 887,59 so‘m bo‘ldi
— rubl 1,38 so‘mga ko‘tarilib, 153,94 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket uch kun pastlab, 12 001,71 so‘m bo’lgandi.


