O’zbekistonda maktablar uchun qishki ta’til kunlari ma’lum qilindi. O’quvchilar bu yil necha kun dam oladi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun 2025/2026-o‘quv yilidagi qishki ta’til kunlarini e’lon qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, maktab o‘quvchilari 2025-yil 28-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha qishki ta’tilga chiqadi. Ta’til muddati 14 kalendar kunni tashkil etadi.
III chorak esa 2026-yil 12-yanvar, dushanba kuni boshlanadi.
O’tgan yili 2024/2025-o’quv yilida qishki ta’til 29-dekabrdan boshlanib, 11-yanvargcha davom etgan edi. 12-yanvar yakshanbaga to’g’ri kelgani uchun, darslar 13-yanvardan boshlangan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ta’til muddatlarining oldindan e’lon qilinishi bir qator ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Xususan, ota-onalar oilaviy sayohatlar va Yangi yil bayrami bilan bog‘liq rejalarni oldindan tuzish imkoniga ega bo‘ladi.
Shuningdek, mazkur davrda aviaqatnovlar, temiryo‘l va avtobus chiptalariga bo‘lgan talab keskin oshadi. Ta’til sanalarining aniq belgilanishi transport tashkilotlariga qo‘shimcha qatnovlarni rejalashtirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, qishki ta’til davrida sport to‘garaklari, dam olish maskanlari va bolalar oromgohlari o‘quvchilar uchun maxsus dasturlarni tashkil etishni rejalashtiradi.
Sizga yoqadi


