O‘zbekistonda martda 43,6 mingta uy sotilib, tarixiy rekord qayd etildi

O‘zbekistonda martda 43,6 mingta uy sotilib, tarixiy rekord qayd etildi

2026-yil mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori tarixiy faollikni qayd etdi. Oy davomida jami 43,6 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb ikki barobar oshdi.

Mutaxassislar buni asosan bozorda naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish arafasidagi faollik bilan izohlamoqda. Aynan shu omil qisqa muddatli keskin o‘sishga sabab bo‘lgan.
Biroq aprel oyida vaziyat keskin o‘zgargan. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, oyning birinchi yarmida atigi 6,8 mingta ko‘chmas mulk bitimi qayd etilgan. Oy yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 15 ming atrofida bo‘lishi mumkin.
Tahlillarga ko‘ra, naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tish bozordagi faollikka bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda va qisqa muddatda savdolar hajmining pasayishiga olib kelmoqda.
Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy bozori narxlarida yana o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida uy narxlari yiliga 5 foizga oshgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 22 foizgacha yetgan. Umuman olganda, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha o‘sish 10 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonda martda 43,6 mingta uy sotilib, tarixiy rekord qayd etildi | 12news