O‘zbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket yettinchi kun rekordni yangiladi

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi ketma-ket yettinchi kun rekord darajani qayd etdi. Xususan, 100 grammli oltin quymaning narxi 205 million so‘mdan oshdi.
Jahon bozorlarida ham oltin narxi o‘sishda davom etmoqda. Ilk bor oltin unsiyasi narxi 5 250 dollardan yuqoriga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, oltin quymalarini tijorat banklari orqali xarid qilish mumkin. Qaysi bankda qancha oltin quymasi mavjud ekanini maxsus onlayn platformalar orqali bilib olish mumkin.
Mutaxassislar jahon iqtisodiyotidagi noaniqliklar va investitsiyaviy xatarlar kuchayishi fonida oltinga bo‘lgan talab yuqori saqlanib qolayotganini ta’kidlamoqda.


