O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi mart oyida 8,1 mlrd dollarga kamaydi 08.04.2026 07:37 O'zbekcha Русский 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 69 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Mart oyi davomida zaxiralar 8,1 mlrd so‘mga k

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi mart oyida 8,1 mlrd dollarga kamaydi 08.04.2026 07:37 O'zbekcha Русский 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 69 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Mart oyi davomida zaxiralar 8,1 mlrd so‘mga k

1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 69 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyi davomida zaxiralar umumiy hisobda 8,1 milliard dollarga qisqargan. Ushbu pasayishning asosiy qismi — 6,8 milliard dollari zaxiralar tarkibidagi oltin hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yana 1,27 milliard dollar kamayish xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari ulushiga tegishli bo‘lgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, zaxiralarning kamayishiga asosan oltin narxining pasayishi sabab bo‘lgan. Xususan, mart oyida oltinning bir unsiyasi narxi 5174 dollardan 4554 dollargacha tushib, umumiy zaxiralarning qariyb 8,3 milliard dollarga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi aksincha oshgan. Hisobot oyida oltin zaxiralari qiymati 9,3 milliard dollarga ko‘payib, umumiy hajmi 416,8 tonnaga yetgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2025-yil oktyabr oyidan buyon oltin sotmay kelmoqda.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi mart oyida 8,1 mlrd dollarga kamaydi 08.04.2026 07:37 O'zbekcha Русский 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 69 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Mart oyi davomida zaxiralar 8,1 mlrd so‘mga k | 12news