“O‘zbektelekom” Toshkent teleminorasi operatorining yagona ta’sischisiga aylandi

“O‘zbektelekom” Toshkent teleminorasi operatorining yagona ta’sischisiga aylandi

Milliy operator korxonaning ustav kapitalidagi 100 foizlik ulushni sotib oldi.

“O‘zbektelekom” “Radi aloqa, radioeshittirish va televideniye markazi”ning ustav kapitalidagi 100% ulushni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portali ma’lumotlarida keltirilgan.
Ochiq manbalarga ko‘ra, ushbu tashkilot Toshkent teleminorasi operatori sifatida faoliyat yuritadi hamda butun mamlakat bo‘ylab davlat eshittirish tarmoqlarining texnik ishlashini ta’minlaydi.
Reyestr ma’lumotlariga asosan, ta’sischilar tarkibidagi o‘zgarishlar 2026 yil 4 fevraldan kuchga kirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbektelekom” kuzatuv kengashi tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya va Shveysariyadan bo‘lgan mutaxassislarni o‘z ichiga olgan to‘rt nafar xorijiy vakil kiritilgan edi. Boshqaruv tizimidagi bu yangilanish davlat korxonalarini isloh qilish doirasida amalga oshirilgan.
“O‘zbektelekom” Toshkent teleminorasi operatorining yagona ta’sischisiga aylandi | 12news