“Paynet” 2025-yil uchun 263 mlrd so‘m dividend to‘laydi

6-aprel kuni Paynet AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyaning 2025-yil moliyaviy natijalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, kompaniya o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 395 milliard so‘m sof foyda qayd etgan. Ushbu foydaning asosiy qismi — 263 milliard so‘mi dividend to‘lashga yo‘naltiriladi. Natijada, har bir aksiya uchun 161,39 so‘mdan dividend berilishi belgilandi.
Qolgan mablag‘lar esa ichki ehtiyojlar uchun taqsimlandi: 19,7 milliard so‘m zaxira fondini shakllantirishga ajratildi, 112 milliard so‘m esa taqsimlanmagan foyda sifatida kompaniya ixtiyorida qoldirildi.
Shuningdek, yig‘ilishda kompaniya bosh direktori Anvar Isamuhamedov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘z kuchida qoldirishga qaror qilindi.
Ma’lumot uchun, Paynet AJning yagona aksiyadori New Industrial Technologies MChJ hisoblanadi. Ushbu kompaniyaga Abdraxmonov Mustafa Orazbayevich egalik qilishi ko‘rsatilgan.